Boks afsonasi Crawford Shohjahon Ergashevning jangida mehmon bo‘ladi
IBA.Pro 7 turnirida o‘zbek charm qo‘lqop ustasi Armaniston vakiliga qarshi ringga chiqadi
Rasm: Olamsport.uz
2 iyul kuni Istanbul shahrida IBA.Pro 7 turniri bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev armanistonlik Ovanes Bachkovga qarshi jang qiladi.
Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, mazkur turnirning sharafli mehmoni sifatida AQShlik mashhur bokschi, super yarim o‘rta vazn toifasidagi WBA chempioni Terence Crawford Istanbulga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, Crawford ushbu kamarni o‘tgan yilning avgust oyida Isroil Madrimovni mag‘lub etgan holda qo‘lga kiritgan edi.

Bakradze Iman
Redaktor