Boks. Abdumalik Xalokov yirik hisobda g'alaba qozondi
O'zbek sportchisi qozog‘istonlik Bibars Jeksenga qarshi ringga ko'tarildi.
photo: boxing Uzbekistan
Liverpulda bo'lib o'tayotgan Jahon chempionatining bugungi kunga rejalashtirilgan qarama-qarshiliklari qizg'in davom etmoqda.
Abdumalik Xalokovda ham g‘alaba! O'zbekiston milliy jamoasining navbatdagi ishtirokchisi o'z janggini g'alaba bilan yakunladi.
-60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan chorak finalda, bokschimiz qozog‘istonlik Bibars Jeksenga “master klass” o‘tib berdi. 5:0.
Musobaqa davom etmoqda. Jahon chempionati haqidagi eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor