Boks. Abdumalik Xalokov finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi
O'zbekistonlik bokschi uchinchi bor kattalar oʻrtasida Jahon chempionati finaliga yoʻl oldi.
photo: boks uzbekistan
Angliyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha Jahon chempionati bahslarining hal qiluvchi janglari bo'lib o'tmoqda.
Abdumalik Xalokov finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Jang 2-raundda bokschimizning qoshidagi jarohat sababli toʻxtatildi. Bunday vaziyatda jang toʻxtatilgunga qadar olingan ochkolar hisoblanadi. Bu vaqtga kelib Xalokov jangda toʻliq ustunlikka erishayotgandi.
Yakunda hakamlar Abdumalikning 5:0 hisobidagi gʻalabasini qayd etishdi. Vakilimiz uchinchi bor kattalar oʻrtasida Jahon chempionati finaliga yoʻl oldi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor