Bangkokdagi boks turniri: Samandar Olimov va Shohrux Abdumalikov yarim finalda
O‘zbekistonlik bokschilar chorak finalda Eron vakillarini yirik hisobda mag‘lub etdi
Rasm: Telegram
Tailand poytaxti Bangkokda davom etayotgan boks bo‘yicha xalqaro turnirda o‘zbekistonlik sportchilar yana ikki g‘alabaga erishdi.
-55 kg vazn toifasida Samandar Olimov chorak finalda eronlik Nima Bayatini mutlaq ustunlik bilan — 5:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
-60 kg vaznda Shohrux Abdumalikov ham eronlik Mohammadamin Karimni 5:0 hisobida yengib, musobaqaning keyingi bosqichiga chiqdi.
Shu tariqa, terma jamoamiz safida yarim finalga yo‘l olgan bokschilar soni yana ortdi.
Bakradze Iman
Redaktor