Bahodir Jalolov va Shaxram G‘iyosov 14-noyabr kuni Toshkentda ringga ko'tariladi
Ertaga Humo arenada professional boks oqshomi o‘tkaziladi.
photo: gettyimages
Ertaga Toshkentda professional boks oqshomi o‘tkaziladi.
14 noyabr kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida "Lift Promotions" hamda "Matchroom Boxing" tashkilotlari hamkorligida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu kechada bir nechta bokschilarimiz o‘zlarining navbatdagi prof boksdagi janglarini o‘tkazishadi.
Asosiy karddan chempionimiz Bahodir Jalolov va Shaxram G‘iyosovlar ishtirokidagi bahslar o‘rin olgan. Ulardan tashqari, Olimpiada chempioni Lazizbek Mullojonov, Shohjahon Abdullayev, Nurislom Ismoilov, Aloxon Abdullayev kabi nomdor vakillarimiz ham ertaga ringga ko‘tariladi.
Barchangizni “Humo Arena"da kutib qolamiz.
Ibrohim Jalolov
Redaktor