locale OZ

Bahodir Jalolov “Real”dan taklif kutyaptimi?

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Ikki karra olimpiya chempioni, o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov muxlislarini kutilmagan videosi bilan hayratda qoldirdi — u futbol o‘ynadi!

Jalolov o‘zining Instagram sahifasida joylagan videoda u nafaqat to‘p bilan yuradi, balki ikki himoyachini mahorat bilan aldab, chiroyli gol ham uradi. Video ostida esa u shunday izoh qoldirgan:

«Taklif bormi?» — deb yozgan Jalolov va Madridning “Real” klubi rasmiy akkauntini belgilagan.

Sportchi hazilomuz tarzda futbol mahoratini namoyon etdi, ammo bu post muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting