Aziza Zokirova jahon chempioniga imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Markaziy Osiyo derbisi har doim murosasiz va qizg‘in kechadi.
photo: boks Uzbekistan
Aziza Zokirova jahon chempioniga imkoniyatni boy berib qo‘ydi
-75 kg vazn toifasida Aziza Zokirova Osiyo o‘yinlari chorak final bosqichida ringga ko‘tarildi.
Unga bu bosqichda qozog‘istonlik jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari vitse-chempioni Natalya Bogdanova raqibalik qildi.
Markaziy Osiyo derbisi har doim murosasiz va qizg‘in kechadi. Bu safar ham bahs juda shiddatli kechdi. Yakunda Zokirova 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va o‘z yurishini chorak finalda to‘xtatdi.