Akmaljon Isroilovdan kumush medal. Bokschimiz finalda kichik hisobda mag'lub bo'ldi
PHOTO: Google
Braziliya davlatida bo'lib o'tayotgan boks musobaqasining hal qiluvchi janglari davom etadi.
Hozirgina yakunlangan navbatdagi jangda vakilimiz finalda kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi. -85 kg vazn toifasida ringga chiqqan Akmaljon Isroilov final jangida qozog'istonlik raqibi Daulet Tulemissovga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Hakamlar qaroriga ko'ra qo'shnilarimiz vakili ushbu jangda g'alaba qozonib oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, sportchimiz kumush medal bilan kifoyalanadigan bo'ldi.
Musobaqaning hal qiluvchi o'yinlari tafsilotlarini sports24.uz orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor