Ahmadaliyev Inouening texnik ko‘rsatkichlarini baholadi
O‘zbekistonlik bokschi raqibining ustun va zaif jihatlarini ochiqladi
Rasm: Instagram
O‘zbekistonlik professional bokschi, WBA Interim kamar sohibi Murodjon Ahmadaliyev bo‘layotgan raqibi Naoya Inoue haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi axborot xizmatiga bergan intervyusida Ahmadaliyev jangdoshining texnik ko‘nikmalarini 10 ballik tizim asosida baholadi:
• Hujum: 7 ball
• Himoya: 6 ball
• Boks IQ: 7 ball
• Kuch: 7 ball
• Oyoq harakatlari: 8 ball
• Zarbalarga chidamlilik: 4,5 ball
• Jismoniy tayyorgarlik: 6 ball
• Jeb zarbalarini qo‘llash: 8 ball
• Faoliyati: 9 ball
• “Monster” taxallusining mosligi: 8 ball
Ma’lumot uchun, Inoue — Ahmadaliyev o‘rtasidagi mutlaq chempionlik jangi 14 sentabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bakradze Iman
Redaktor