locale OZ

6 nafar bokschimiz Jahon kubogida final yoʻllanmasi uchun jang qiladi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
6 nafar bokschimiz Jahon kubogida final yoʻllanmasi uchun jang qiladi
FОТО: Olympic.uz

Polshada oʻtkazilayotgan boks boʻyicha Jahon kubogining ortda qolgan kunini Oʻzbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli oʻtkazdi.

Janglarda barcha bokschilarimiz raqiblarini katta ustunlik bilan magʻlub etishga erishdi. Olimpiada chempioni Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev germaniyalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi.

Natijalar bilan tanishing:

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Kori Jons (Uels) 5:0
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev - Osanou Xansen (Germaniya) 1-raundda texnik nokaut
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kau Belini (Braziliya) 5:0
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Uilyam Cholov (Bolgariya) 5:0
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Samet Ersoy (Turkiya) 5:0

Bugun 6 nafar hamyurtimiz yarim final janglarini oʻtkazishadi. Juftliklar bilan tanishing:

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Lunda Gantumur (Mo‘g‘iliston)
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Mishelt Battumur (Mo‘g‘iliston)
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Esra Yildiz (Turkiya)
-60 kg: Samandar Olimov - Mikele Baldassi (Italiya)
-70 kg: Gʻofurjon Tohirov - Sezariy Znames (Polsha)
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kayl Shov-Tullin (Angliya)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting