5 avgust kuni yarim final uchun jang: 7 nafar o‘zbekistonlik qizlar ringga chiqadi
Bangkokdagi yoshlar o‘rtasidagi boks chempionatida chorak final bahslari qizg‘in pallaga kirdi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar bokschi qizi yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.
Quyidagi juftliklar diqqat markazida bo‘ladi:
-48 kg: Maftuna Musurmonova — Suman Kumari (Hindiston) | 09:15
-51 kg: Muxtasar Alieva — Yakshika (Hindiston) | 10:30
-57 kg: Robiya Ravshanova — Muskan (Hindiston) | 12:30
-60 kg: Sevara Mamatova — Mizuki Horita (Yaponiya) | 13:00
-65 kg: Sevinch Khurramova — Arinda Akimoto (Yaponiya) | 15:00
-70 kg: Rayhona Qurbanboeva — Chun-Ai Kao (Xitoy Taypeyi) | 16:00
-75 kg: Maftuna Yangiyeva — Mina Jung (Janubiy Koreya) | 16:45
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 09:00 da boshlanadi. Kunning ikkinchi qismidagi bahslar 15:00 dan keyin start oladi.