3 iyun kuni g‘alabali janglardan so‘ng Murodjon Ahmadaliev va Bektemir Meliqoziyev Vatanga qaytib kelishdi
Rasm: Olamsport.uz
Kecha, 3 iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida o‘z janglarida zafar quchgan O‘zbekistonning ikki mashhur professional bokschisi — Murodjon Ahmadaliev va Bektemir Meliqoziyev tantanali tarzda kutib olindi.
Bokschilarni muxlislar, yaqinlari hamda sport sohasi vakillari katta ehtirom bilan qarshi olishdi.
Quyida ushbu samimiy va faxrli onlardan suratlarni tomosha qiling:






Bakradze Iman
Redaktor