25 nafar jahon chempionini tarbiyalagan murabbiy vafot etdi
FОТО: Boxing Scene
Amerikalik boks murabbiyi, Shon-shuhrat zali a’zosi Kenni Adams vafot etdi.
U 84 yoshida bu yorug‘ olamni tark etdi.
Adams 1984 va 1988-yillarda Qo‘shma Shtatlar Olimpiya terma jamoasining murabbiyi bo‘lib, u yerda Pernel Uittaker, Evander Xolifild, Meldrik Teylor, Virjil Xill, Riddik Bou, Rey Merser va kichik Roy Jons kabi bokschilarni shug‘ullantirgan.
Kenni jami 25 nafar jahon chempioniga ustozlik qilgan. Ular orasida Maykl Nann, Frenki Layls, Jonni Tapiya, Samuyel Piter, Maykl Bentt, Mayk Makkallum bor edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist