locale OZ

Yozgi transfer oynasida amalga oshirilgan eng qimmat 10 ta transfer

Angliya Premer-ligasi klublari bozordagi eng faol ishtirokchilar bo'lib turibdi.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yozgi transfer oynasida amalga oshirilgan eng qimmat 10 ta transfer
Фото: Chelsea

2026/27 yilgi yozgi transfer oynasi futbol tarixidagi eng xarajatli davrlardan biriga aylanmoqda. Yevropa grandlari tarkibni kuchaytirish uchun yuz millionlab yevro sarflamoqda.

Ayniqsa, Angliya Premer-ligasi klublari bozordagi eng faol ishtirokchilar bo'lib turibdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, ayni vaqtgacha amalga oshirilgan eng qimmat o'nta transfer quyidagicha ko'rinish olgan.

1. Morgan Rojers
Klublar: "Aston Villa" → "Chelsi"
Transfer summasi: 138 million yevro
Yozning eng yirik transferi "Chelsi" tomonidan amalga oshirildi. Londonliklar Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Morgan Rojersni 138 million yevro evaziga o'z safiga qo'shib oldi. Bu transfer nafaqat mavsumning, balki so'nggi yillardagi eng qimmat bitimlardan biri sifatida qayd etildi.

2. Elliot Anderson
Klublar: "Nottinghem Forest" → "Manchester Siti"
Transfer summasi: 135 million yevro
Enzo Mareska jamoasi markaziy yarim himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida Elliot Anderson uchun 135 million yevro sarfladi. Angliyalik futbolchi mavsumning ikkinchi eng qimmat transferiga aylandi.

3. Sandro Tonali
Klublar: "Nyukasl" → "Tottenhem"
Transfer summasi: 108 million yevro

"Tottenhеm" uzoq muzokaralardan so'ng italiyalik yarim himoyachi Sandro Tonalini o'z safiga qo'shib oldi. 108 million yevrolik bitim londonliklar tarixidagi eng yirik transferlardan biri bo'ldi.

4. Edson Fernandez
Klublar: "Vest Ham" → "Tottenhem"
Transfer summasi: 99 million yevro

"Tottenhem" bu yozda ikkinchi katta xaridni ham amalga oshirdi. Klub "Vest Ham" yarim himoyachisi Edson Fernandez uchun 99 million yevro to'ladi.

5. Entoni Gordon
Klublar: "Nyukasl" → "Barselona"
Transfer summasi: 80 million yevro
Kataloniyaning "Barselona" klubi qanot hujumchisi Entoni Gordonni 80 million yevro evaziga xarid qildi. Angliyalik futbolchi jamoaning hujum chizig'ida muhim figura bo'lishi kutilmoqda.

6. Gonsalu Ramush
Klublar: PSJ → "Milan"
Transfer summasi: 74 million yevro

Italiya grandi "Milan" portugaliyalik hujumchi Gonsalu Ramushni tarkibiga qo'shib, hujum chizig'ini yanada kuchaytirdi.

7. Krisensio Sammervill
Klublar: "Vest Hem" → "Al Hilol"
Transfer summasi: 64,5 million yevro

Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi yevropalik yulduzlarni jalb qilish siyosati doirasida Krisensio Sammervillni 64,5 million yevro evaziga o'z safiga qo'shib oldi.

8. Jeremi Jake
Klublar: "Renn" → "Liverpul"
Transfer summasi: 63,6 million yevro

"Liverpul" fransuz futbolida porlayotgan iqtidorlardan biri bo'lgan Jeremi Jakeni 63,6 million yevro evaziga xarid qildi. U yangi klubi bilan 2031 yilning o'rtalarigacha shartnoma imzoladi.

9. Yoxan Manzambi
Klublar: "Frayburg" → "Aston Villa"
Transfer summasi: 60 million yevro

"Aston Villa" ham yozgi bozorda faol ishtirok etib, "Frayburg" futbolchisi Manzambini 60 million yevro evaziga jamoaga olib keldi.

10. Yan Pol van Hekke
Klublar: "Brayton" → "Tottenhem"
Transfer summasi: 60 million yevro

Niderlandiyalik markaziy himoyachi Yan Pol van Hekke ham "Tottenhem"ning yozgi muhim xaridlaridan biriga aylandi. Uning transferi 60 million yevroga baholandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting