locale OZ

Ronaldu va Messi bir jamoada o‘ynashi mumkin

Bekhem ushbu loyiha ustida ishlamoqda.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu va Messi bir jamoada o‘ynashi mumkin
ФОТО: Getty images

“Inter Mayami” klubi portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduni transfer qilish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, klub rahbariyati uzoq muddatli strategiya doirasida turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ushbu rejada klub egalaridan biri bo‘lgan Devid Bekhemning qarashlari muhim rol o‘ynaydi. U zamonaviy futbolning ikki yirik yulduzi — Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini bir jamoada jamlash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi 2023 yildan buyon “Inter Mayami” safida to‘p surmoqda. U 2025 yil oktyabr oyida klub bilan shartnomasini 2028 yil oxirigacha uzaytirgan va faoliyatini aynan AQShda yakunlashni rejalashtirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting