Messi \"Inter Mayami\"ni tark etishi mumkin
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Getty Images
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi jamoani tark etishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Esteban Edul.
Qayd etilishicha, 38 yoshli argentinalik futbolchi terma jamoasi uchun klubini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda.
Messi kelasi yozda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 boshlanishiga olti oy qolganda raqobatbardosh ligaga o‘tishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi turnirning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialda Lionel Scaloni shogirdlari Fransiyani mag‘lub etgan, Messi ikki gol muallifligiga erishgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist