Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlariga rasmiy start berildi
O‘zbekiston delegatsiyasi 20 sport turida 183 nafar atlet bilan ishtirok etadi.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Bugun Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ham ishtirok etib, delegatsiyalar paradida sportchilarimizni olqishlashdi.
Marosimda Azizbek Abdug‘afforov (yengil atletika) hamda Rushanaxon Ravshanova (taekvondo WT) delegatsiyamiz bayroqdori bo‘lishdi.
Ma’lumot uchun, mazkur musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 20 sport turida 183 nafar atlet bilan ishtirok etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist