locale OZ

«Arsenal» yetakchisi 4 haftaga safdan chiqdi

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal»  yetakchisi 4 haftaga safdan chiqdi
Фото: Getty Images

"Arsenal" vingeri Bukayo Saka tizzaosti payidan olgan jarohati tufayli safdan chiqdi. Bu haqda BBC nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli vinger Angliya Premer-ligasi 2-turi doirasida “Lids”ga qarshi uchrashuvda (5:0) son mushagidan jarohat olgan. Tibbiy ko'rikdan so'ng futbolchining tiklanishi uchun kamida bir oy vaqt talab etilishi ma'lum bo'ldi.

Saka 31 avgustga belgilangan 3-turdagi “Liverpul”ga qarshi bahsni, shuningdek, sentabr oyida Angliya terma jamoasining Jahon chempionati saralashi doirasida Andorra va Serbiyaga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting